Shavkat Mirziyoyev Pokistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi — video

eʼlon qilindi
Mirziyoyevga «Nishoni Pokiston» ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Shavkat Mirziyoyev Pokistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Foto: prezident matbuot xizmati

«Ayvoni Sadr» qarorgohida Shavkat Mirziyoyevga Pokistonning oliy davlat mukofoti — «Nishoni Pokiston» ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotni Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy tantanali ravishda topshirdi.

Qayd etilishicha, ushbu orden Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarga berilgan yuksak baho hamda Oʻzbekiston xalqiga boʻlgan doʻstona munosabat ifodasi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga chiqishiga ishonch bildirdi.

Maʼlumot uchun, «Nishoni Pokiston» ordeni turli yillarda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Pokiston hududlararo forumning ilk yig‘ilishi Xivada o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek