Oshayotgan dollar: AQSh valyutasi hafta davomida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Valyuta birjasida joriy hafta savdolar hajmi $642 mlnni tashkil etdi
O‘sayotgan dollar: AQSh valyutasi hafta davomida qanday o‘zgardi
Foto: Depositphotos

Bu haftada dollar ishonchli yuqoriladi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida AQSh valyutasi hafta davomidagi o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

Hafta boshidan buyon dollar barqaror o‘sish trendini ko‘rsatmoqda. 2-fevral kuni dollar birdaniga 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni o‘sish davom etdi. Dollar 17,01 so‘mga qimmatlab, 12 242,17 so‘m darajasida belgilandi.

Grafik: Valyuta birjasi saytidan

4-fevral kuni ham kurs yuqorilashda davom etdi. Bu kuni dollar yana 16,21 so‘mga oshib, 12 258,38 so‘mni tashkil etdi. 5-fevral kuni o‘sish biroz sekinlashdi. Dollar 7,39 so‘mga qimmatlab, 12 265,77 so‘mga chiqdi. 6-fevral holatiga ko‘ra, dollar kursi yana ko‘tarildi. AQSh dollari 13,71 so‘mga qimmatlab, 12 279,48 so‘mni tashkil etdi.

Umuman olganda hafta mobaynida dollar ketma-ket o‘sib, 54 so‘mdan ortiq qimmatlashdi.

Valyuta birjasida qancha AQSh valyutasi sotilgan

Grafik: Valyuta birjasi saytidan

Valyuta birjasida joriy hafta savdolar hajmi $642 mlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan haftadagi $531 mlnlik savdo hajmiga nisbatan $111 mlnga ko‘p. Natijada savdolar hajmi qariyb 20,9%ga oshgan.

Birjadagi savdo grafigiga qaralsa eng ko‘p xarid 6-fevral kuni amalga oshirildi. Hafta so‘ngidagi savdolar hajmi $205 mlnni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek