Muammoli kreditlar ulushi yuqori bo‘lgan mikromoliya tashkilotlari ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvar holatiga
Foto: depositphotos.com

2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatdagi mikromoliya tashkilotlarining (MMT) jami kredit qoldig‘i 10,8 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan muammoli kreditlar 263,5 mlrd so‘m (2,4%) ulushga ega.

Bozorning eng yirik ishtirokchisi 3,46 trln so‘mlik portfelga ega TezCoin mikromoliya tashkiloti bo‘lib, keyingi o‘rinlarda qariyb 1,9 trln so‘mlik Shaffof-moliya va 1 trln so‘mlik kreditga ega Fortuna Biznes turadi.

Muammoli kreditlar ulushi (NPL) bo‘yicha esa Effektiv Moniy eng yuqori o‘rinni egallaydi, unda NPL ulushi 100%. Bundan keyingi o‘rinlarda 79,2 foizlik ulush bilan Kreditomat Tashkent va 61,8% bilan Tashdi tashkiloti o‘rin olgan. Shuningdek, Sarmishsoy Plyus Invest (44%) va Chust Rir (31,5%) tashkilotlarida ham NPL yuqori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank raisi Timur Ishmetov chakana kreditlash hajmining oshishiga qarshi emasligini, biroq jarayonning sifati muhimligini ta’kidlagandi. Regulyator fuqarolar daromadiga mos kelmaydigan qarz yukiga botib qolishidan ogohlantirmoqda.

«Kreditlar qandaydir emotsional tarzda olinib, ertaga muammoli kreditga aylanmasligi va odamlar og‘ir qarzga botmasligi kerak», – deb ta’kidladi MB raisi.

Shuningdek