Meta SI videolar uchun Vibes ilovasini sinovdan o‘tkazmoqda

6-fevral 2026 19:01 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Meta SI videolar uchun Vibes ilovasini sinovdan o‘tkazmoqda / Foto: Meta

Meta kompaniyasi sun’iy intellekt orqali videolar yaratish va ulashish imkonini beruvchi Vibes ilovasini mustaqil platforma sifatida sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Tech Crunch nashir ma’lum qildi.

Vibes ilovasi foydalanuvchilarga qisqa shakldagi SI-videolar yaratish, ularni lentaga joylashtirish va boshqa foydalanuvchilarning videolarini ko‘rish imkonini beradi. Ilova dastlab Meta AI ichida ishlagan bo‘lsa, endi uni mustaqil qilib, foydalanuvchilarga yanada qulay va fokuslangan tajriba taqdim etish rejalashtirilgan.

Ilovada foydalanuvchilar videoni boshidan yaratishi yoki lentada ko‘rgan videoni remix qilishi mumkin. Chop etishdan oldin yangi vizual elementlar qo‘shish, musiqa va uslubni sozlash imkoniyati mavjud. Tayyor video Vibes lentasiga joylashtirilishi, do‘stlarga DM orqali yuborilishi yoki Instagram va Facebook Stories va Reels ga ko‘chirilishi mumkin.

Shu bilan birga, kompaniya ilovaning bepul versiyasini saqlagan holda, freemium modelini joriy etib, foydalanuvchilarga har oy qo‘shimcha video yaratish imkoniyatlarini ochish uchun obuna tizimini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Meta Vibes ilovasini mustaqil platforma sifatida sinash orqali foydalanuvchilar uchun yanada soddalashtirilgan, chuqurroq va qulayroq sun’iy intellekt videolarini yaratish muhitini yaratmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI Frontier nomli korxonalar uchun SI agentlarini boshqarish platformasini ishga tushirgan edi.

Shuningdek