Ozarbayjonda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi

eʼlon qilindi
Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan
Ozarbayjonda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi / Foto: «Dunyo» AA

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon tillar universitetida O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Marosimda O‘zDJTU va Ozarbayjon tillar universitetlari rektorlari Ilxomjon To‘xtasinov hamda Kamal Abdulla qatnashdi. Shuningdek, Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, deputat Eldar Ibrohimov va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.

Foto: «Dunyo» AA

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik va strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Ozarbayjon tillar universitetining bir guruh talabalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida doktorantura bosqichida tahsil olishlari rejalashtirilayotgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston poytaxtida Toshkent koʻchasi va Bobur bog‘i ochilgan edi.

Shuningdek