Husanov «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

7-fevral 2026 11:38 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Abduqodir Husanov
Husanov «Manchester Siti»da oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi / Foto: The Times / Manba: ManCity

Abduqodir Husanov Etihad tomonidan yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etildi. G‘olibni «Manchester Siti» muxlislari an’anaviy ovoz berish yo‘li orqali tanlab berdi.

Yanvar oyida Husanov sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va muntazam ravishda asosiy tarkibda qatnashdi. Futbolchi bularning barchasida barqaror o‘yin ko‘rsatdi. Murabbiylar shtabi uning ishonchliligi, vaziyatlarni to‘g‘ri anglashi va birga-bir kurashlardagi tezkorligini alohida ta’kidladi.

Mukofot uchun kurashda Husanov darvozabon Janluiji Donnarumma va jamoa kapitani Bernardu Silva kabi jamoadoshlarini ortda qoldirdi.

Foto: Mancity

21 yoshli futbolchi qisqa vaqt ichida klub muxlislari e’tiboriga tushdi va diqqat markazdagi shaxsga aylandi. Uning maydondagi sovuqqonligi va intizomi ingliz turnirlari o‘yinlarida doimiy ravishda e’tirof etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir Husanov 2025-yil fevral oyida ham klubning eng yaxshi o’yinchisi deb topilgan edi. So‘nggi 1 yilda Abduqodirdan boshqa hech bir futbolchi 2 marta oyning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida g‘olib bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov «Manchester Siti» bilan Liga kubogi finaliga yo‘l olgan edi.

Shuningdek