O‘zbekistonlik sportchi qizlar Osiyo chempionatida ikkita oltin medal oldi

8-fevral 2026 10:04 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Xitoyning Tyanszin shahrida davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi qizlar 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, uch hatlab sakrash bahslarida Sharifa Davronova 14,05 metr natijani qayd etib, shuningdek, Jonbibi Hukmova 400 metr masofaga yugurishda 53,61 soniya bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari navbatdagi yirik g‘alabaga erishgani haqida yozgandi.

Shuningdek, Aytjan Xalmaxanov Zagreb Open turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek