Tesla Semi elektr yuk avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi

9-fevral 2026 09:29 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Tesla Semi elektr yuk avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi / Foto: Tesla

Tesla 2026-yildan Semi elektr yuk avtomobilini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Tesla

Tesla’ning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, yilning birinchi yarmida Semi yuk avtomobili va ikki eshikli Tesla Cybercab elektromobilining ishlab chiqarildi. Ushbu ma’lumotni Ilon Mask ham tasdiqlagan, ammo u faqat joriy yil davomida ishlab chiqarish rejalashtirilgani haqida gapirgan.

Foto: Tesla

Tesla Semi 2017-yilda taqdim etilgan bo‘lib, kompaniya va Ilon Mask va’dalariga ko‘ra, uning ishlab chiqarilishi ancha oldin boshlanishi kerak edi. Shunga qaramay, Tesla ba’zi avtomobillarni ishlab chiqarib, bir qator mijozlarga yetkazib ham bergan.

Video: Tesla

ACT Research prognoziga ko‘ra, 2026 yilda ishlab chiqarish hajmi nisbatan past bo‘lib, taxminan 1,4 ming donadan kam bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa joriy siyosiy sharoitlar, xususan, Donald Tramp ma’muriyati tomonidan amaldagi yordamlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq.

Foto: TNS

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla AQShda yangi Model Y AWD variantini taqdim etgan edi.

Shuningdek