Hafta o‘rtasida yomg‘ir, qor va kuchli shamol kutilmoqda

eʼlon qilindi
10 – 13-fevral kunlari
Hafta o‘rtasida yomg‘ir, qor va kuchli shamol kutilmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan

Joriy yilning 10 – 13-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Nam havo massalari sabab respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik yomg‘irdan qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda yog‘inlar kuchli bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim paytlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. 10-fevral kuni esa ba’zi joylarda shamol 20–23 m/s gacha yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sariosiyo aeroportidagi noqulay ob-havo sabab Silk Avia reyslarining jadvali o‘zgartirilgandi.

Shuningdek