Finlyandiya SI yordamida kiyimlarni saralash tizimini ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Qayta ishlanadigan kiyimlar uchun mukofot puli beriladi
Finlyandiya SI yordamida kiyimlarni saralash tizimini ishga tushirdi / Foto: Sun’iy intellekt

Finlyandiya sun’iy intellekt yordamida eskirgan kiyimlarni yig‘ish va saralashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratdi. Yangi qurilma «Texmat» deb nomalanadi.

Qurilma taqdim etilgan kiyimlarni sun’iy intellekt, vizual tanib olish texnologiyasi va raqamli mahsulot pasporti yordamida avtomatik tarzda tahlil qiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida tizim kiyimni qayta ishlash yoki qayta sotish uchun mosligini aniqlaydi.

Qayta foydalanish uchun mos bo‘lgan kiyimlar uchun iste’molchilarga moliyaviy mukofot beriladi. Mukofotning miqdori kiyimning holati, brendi va materiali bilan belgilanadi.

Loyiha yirik miqyosda to‘qimachilik chiqindilari muammosini hal qilishga qaratilgan jarayonning bir qismi hisoblanadi. «Texmat» tizimi Evropa Ittifoqining yettita davlati va 14 nafar hamkor ishtirokida, «Gorizont Yevropa» dasturi tomonidan moliyalashtirilgan umumiy Yevropa hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan. Birinchi qurilmalar Finlyandiya va Ispaniyada sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon kino ishlab chiqarishda SI yordamchilarini sinovdan o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek