Android foydalanuvchilari uchun Telegram dizayni yangilandi

eʼlon qilindi
Yangilanish guruh egalari uchun ham qulayliklar olib keldi
Foto: Telegram

Telegram messenjeri navbatdagi yirik yangilanishni taqdim etdi. Yangilanish Android va iOS foydalanuvchilari, shuningdek, guruh egalari hamda bot ishlab chiquvchilar uchun bir qator muhim yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Dastlab Android versiyasi yangilandi. Ilova dizayni qayta ishlanib, iOS uslubidagi suzuvchi pastki panel paydo bo‘ldi. Shuningdek, interfeysning bir qator elementlari zamonaviyroq ko‘rinishga keltirildi. iOS foydalanuvchilari uchun esa suyuq shisha (liquid glass) effektlariga ega elementlar soni ko‘paytirildi.

Yangilanish guruh egalari uchun ham qulayliklar olib keldi. Endilikda guruh egasi uni tark etishga qaror qilsa, barcha huquqlarni oldindan tanlangan administratorga topshirishi mumkin. Huquqlar avtomatik tarzda 7 kundan so‘ng yangi egaga o‘tadi.

Telegram’dagi sovg‘alar platformasi ham o‘yinlashtirildi. Endi foydalanuvchilar mavjud sovg‘alaridan foydalanib, ma’lum ehtimol asosida yanada noyob sovg‘a yaratish imkoniga ega bo‘ldi. Bunda to‘rt tagacha sovg‘ani birlashtirib, muvaffaqiyat ehtimolini oshirish mumkin. Agar urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, ishlatilgan sovg‘alar bekor bo‘ladi.

Shuningdek, bot ishlab chiquvchilar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi. Endi bot tugmalarini turli ranglarda bezash, shuningdek, dizayn uchun emojilardan foydalanish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram 2026-yil uchun yangilanishlarni e’lon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek