Google Pixel smartfonlarida ovoz bilan bog‘liq muammo aniqlandi

10-fevral 2026 10:53 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Google Pixel 10a smartfoni namoyish etildi
Foto: DGL

So‘nggi kunlarda Google Pixel smartfonlari egalari qurilmadan kutilmaganda juda baland ovozlar chiqayotgani haqida shikoyatlar bildirmoqda. Tom’s Guide’ga ko‘ra, dastlab bu holat Pixel 10’da kuzatilgani aytilgan bo‘lsa-da, muammo ancha oldin hatto Pixel 6 modelidan beri mavjud ekani ma’lum bo‘ldi.

Foydalanuvchilarning aytishicha, ovoz asosan ilovalarni ochish yoki yopish paytida, ba’zan esa o‘yinlar ishga tushirilganda paydo bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, hatto telefon ovozi o‘chirilgan holatda ham bu tovush eshitilgan. Ayrimlar buni dastlab tashqi shovqin yoki nimadir urilgandek deb o‘ylaganini aytgan.

Muammo Pixel 7 Pro, Pixel 8 Pro, Pixel 9 Pro va 9 Pro XL kabi bir nechta modellarda ham qayd etilgan. Ba’zi foydalanuvchilar ovoz faqat TikTok yoki o‘yin ilovalari ishlatilganda chiqqanini bildirgan. Ayrim hollarda ovozni pasaytirish muammoni vaqtincha bartaraf etgani aytilmoqda.

Google esa hozircha bu masala bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash forumlarida ham aniq yechim taklif qilinmagan. Faqat ayrim mutaxassislar ovoz kamera stabilizatsiya tizimidagi harakatlanuvchi element bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Boshqa taxminlarga ko‘ra, bu muammo karnaylarga keladigan kuchlanish keskin o‘zgarganda yuzaga keladi va u apparat hamda dasturiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Google bu nosozlikni rasmiy yangilanish orqali bartaraf etishi kerak bo‘ladi.

Hozircha esa Pixel foydalanuvchilari muammo qachon va qanday hal qilinishini kutib turishga majbur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Pixel 10a qanday ranglarda chiqishi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek