Navoiy xalqaro aeroporti markazlashgan boshqaruvdan chiqariladi

eʼlon qilindi
2030-yilga kelib aeroportda amalga oshiriladigan parvozlar soni 2,3 barobarga oshiriladi
Foto: Navoiy xalqaro aeroporti

Navoiy xalqaro aeroporti markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratiladi. Bu haqda prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2030-yilga kelib Navoiy xalqaro aeroportida amalga oshiriladigan parvozlar soni 2,3 barobarga oshirilib, yiliga 7 mingtagacha yetkaziladi. Shuningdek, yo‘lovchi tashish hajmi 150 ming nafarga, yuk tashish hajmi esa 45 ming tonnagacha oshirilishi rejalashtirilgan.

«Navoi International Airport« MChJ «Uzbekistan Airports» AJning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan ajratilib, uning faoliyatiga alohida loyihaviy boshqaruv modeli tatbiq etiladi.

Qarorga muvofiq, Navoiy xalqaro aeroportiga ijro etuvchi organiga bir qator mustaqil vakolatlar berildi. Jumladan, o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish hamda havo kemalariga aviayoqilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar olib kelgan yoqilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflar belgilash huquqi taqdim etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qarshi xalqaro aeroporti jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek