Xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlarini taqsimlash tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Kvotalar to‘g‘risidagi e’lon muddati 5 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak
O‘zbekistondа bo‘sh ish o‘rinlari
Foto: Andrew Lozovyi / Depositphotos

2026-yil 9-fevral kuni xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu nizom Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlarini xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida ochiq tanlov yo‘li bilan taqsimlash tartibini belgilaydi.

Agentlik xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlaridan jalb qilingan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron platformada e’lon qiladi. Bu bo‘yicha xususiy bandlik agentliklarining elektron platformadagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.

Kvotalar to‘g‘risidagi e’lon muddati 5 ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Xususiy bandlik agentliklari kvotalar to‘g‘risidagi e’lon joylashtirilgan kundan boshlab undagi belgilangan muddat tugagunga qadar ariza yuborishi mumkin. Kvotalar arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Avvalroq «Kursiv» 2026-yilda qaysi soha xodimlariga talab kuchayishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek