O‘zbekiston va OIIB loyihalar portfeli 7 mlrd dollardan oshdi

eʼlon qilindi
2025-yilda moliyalashtirish hajmi $1 mlrddan yuqori bo‘ldi
O‘zbekiston va OIIB loyihalar portfeli 7 mlrd dollardan oshdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) loyihalar portfeli 7 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va bank rahbari Szou Szyai boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvida ma’lum qilindi. 2025-yilda moliyalashtirish hajmi $1 mlrddan yuqori bo‘ldi.

Prezident xususiy sektor, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik, kambag‘allikni qisqartirish, energetika va suv ta’minoti yo‘nalishlari ustuvor deb belgilandi.

Mintaqaviy ahamiyatga ega yirik infratuzilmaviy loyihalarda bankning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi. OIIB rahbari O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholadi va ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OIIB Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘llarni ta’mirlash uchun 173,4 mln dollar ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek