Yangi Xiaomi SU7 avtomobili 902 km yurish masofasiga ega bo‘ladi

10-fevral 2026 17:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Xiaomi SU7 902 km yurish masofasiga ega bo‘ladi
Foto: Yiche

Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaqinda taqdim etiladigan Yangi Xiaomi SU7 902 km yurish masofasiga ega bo‘ladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi SU7 uchun oldindan buyurtmalar allaqachon boshlandi. Model uchta talqinda taklif qilinmoqda. Narxlar 229,9 ming yuandan 309,9 ming yuangacha. Bu $32,8 mingdan $44,3 minggacha bo‘lgan oraliqni tashkil etadi.

Foto: Yiche

Avtomobil dizaynida old panjara yangilangan. Markazga millimetr to‘lqinli radar joylashtirilgan. Oldingi uslubidagi faralar saqlab qolingan. Yangi Capri Blue kuzov rangi ham taqdim etilgan.

Yon tomondan fastbek silueti saqlangan. 20 dyuymli yangi disklar va qizil tormoz suportrlari o‘rnatilgan. Orqa qismida fonarlari va elektr boshqaruvli spoyler mavjud. Old panel va rul to‘liq qayta ishlab chiqilgan. Eshiklar va o‘rindiqlardagi choklar dizayni yangilangan.

Foto: Yiche
Foto: Yiche

Barcha talqinlarda LiDAR va 4D millimetrli radar standart bo‘ladi. Hisoblash quvvati 700 TOPSni tashkil etadi. Batareya variantlari 73 kWh dan 101,7 kWh gacha.

Yurish masofasi sezilarli oshgan. Standart versiya 720 km yuradi. Pro talqini 902 km ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Max versiyasi esa 835 km gacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda Xiaomi YU7 GT krossoveri taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek