11-fevraldan metan «zapravka»lar odatdagi ish rejimiga qaytadi
eʼlon qilindi
Barcha viloyatlarda

11-fevral kuni soat 09:00 dan barcha hududlarda, jumladan vodiyda ham metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik 2-fevraldan metan «zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritishini xabar bergan edi. Farg‘ona vodiysida esa metan zapravkalarning ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanishi qayd etilgan. Endilikda bu cheklovlar bekor qilinadi va «zapravka»lar doimiy ish rejimiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet avtomobillariga dvigatel moyini qanday tanlash kerakligi haqida batafsil yozgan edik.