Rossiya Telegram’ni cheklab, fuqarolarni davlat ilovasiga o‘tkazmoqchi — Durov

eʼlon qilindi
Roskomnadzor servis faoliyatini qisman cheklash choralarini ko‘rmoqda
Rossiya Telegram’ni cheklab, fuqarolarni davlat ilovasiga o‘tkazmoqchi — Durov / Foto: Sun’iy intellekt

So‘nggi kunlarda Rossiyada Telegram messenjeridan foydalanishda jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda. Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya hukumati fuqarolarni davlat nazoratidagi, kuzatuv va siyosiy senzura uchun mo‘ljallangan muqobil ilovaga o‘tkazishga urinayotganini, shu sababli Telegram’ga kirish cheklanayotganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, xuddi shunday strategiya 8 yil avval Eronda ham qo‘llanilgan, biroq muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Eron Telegram’ni turli bahonalar bilan taqiqlaganiga qaramay, aholining katta qismi senzura chetlab o‘tilgan holda hanuz ushbu messenjerdan foydalanib kelmoqda.

Durov fuqarolar erkinligini cheklash to‘g‘ri yechim emasligini ta’kidlab, Telegram so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligini har qanday bosimga qaramay himoya qilishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada Telegram foydalanuvchilari ketma-ket ikkinchi kun messenjer ishlashida cheklovlarga duch kelmoqda. So‘nggi sutka davomida esa 15 mingdan ortiq shikoyat qayd etilgan. Rossiyaning Max messenjerigam ham ayni paytda foydalanuvchilar shikoyatlari keskin ko‘payib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Android foydalanuvchilari uchun Telegram dizayni yangilangan edi.

Shuningdek