Tecno Camon 50 va Pova 8 taqdimoti sanasi e’lon qilindi

11-fevral 2026 09:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tecno Camon 50 va Pova 8 taqdimoti sanasi e’lon qilindi
Foto: Tecno

Tecno yangi Tecno Camon 50 va Tecno Pova 8 smartfonlarini rasman qachon namoyish etishini ma’lum qildi. Qurilmalar 2–5-mart kunlari o‘tadigan MWC 2026 ko‘rgazmasida taqdim etiladi. Tadbir Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tkaziladi.

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, Camon 50 seriyasi ilg‘or suratga olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Qurilmalarda sun’iy intellekt asosidagi sahna aniqlash va tasvirni qayta ishlash tizimlari bo‘ladi.

Foto: Tecno

Pova 8 esa unumdorlik va batareya ishlash vaqtiga e’tibor qaratadi. Model kundalik foydalanishda barqarorlik va silliq ishlashni taklif etadi.

Kompaniya MWC 2026 doirasida boshqa yangi qurilmalarni ham ko‘rsatishi kutilmoqda. Ular orasida noutbuk va planshetlar bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tecno POVA Curve 2 brend tarixidagi eng katta batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek