O‘zbekiston jamoasi xalqaro harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi

eʼlon qilindi
Keyingi o‘rinlarni Malayziya va AQSh egalladi
O‘zbekiston jamoasi xalqaro harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi / Foto: «Dunyo» AA

Pokistonning Xarian shahrida 9-Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan «Jamoaviy ruh» («Team Spirit») musobaqasida O‘zbekiston harbiylari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Musobaqada 19 ta xorijiy davlat Mudofaa vazirliklari jamoalari ishtirok etdi, shuningdek, 3 ta davlatdan kuzatuvchilar qatnashdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni egallab, oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘ringa Malayziya, uchinchi o‘ringa esa AQSh jamoalari sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jamoasi mazkur musobaqada oltinchi bor g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda. Musobaqa jangovar sharoitlarga yaqin, murakkab vazifalar hamda yuqori mahorat va maxsus ko‘nikmalarni talab qiluvchi topshiriqlardan iborat bo‘ldi.

Musobaqa yakunida Pokiston Mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni, Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni feldmarshal Asim Munir O‘zbekiston jamoasiga bosh sovrin va mukofotlarni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnik sohalarda hamkorlikni kengaytirishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek