Qo‘qonda 116 mln so‘mlik noqonuniy gaz iste’moli aniqlandi

eʼlon qilindi
Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan
Qo‘qonda 116 mln so‘mlik noqonuniy gaz iste’moli aniqlandi
Foto: Videodan ekrasn tasviri

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.

Nazorat tadbiri davomida Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan do‘konda qoidabuzarlik aniqlangan. Xatlov jarayonida bino loyiha-texnik hujjatlarsiz yashirin ravishda gaz tarmog‘iga ulangani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. Qayta hisob-kitob natijasida 116,6 mln so‘mlik zarar aniqlangan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda 440 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangani haqida yozgan edi.

Unga ko‘ra, inspeksiya va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaroga qarashli issiqxona hech qanday rasmiy hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgani aniqlangan.

Shuningdek