2026 Chevrolet Blazer EV qayerda yig‘iladi

11-fevral 2026 14:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026 Chevrolet Blazer EV qayerda yig‘iladi
Foto: GM Authority

2026-yilgi Chevrolet Blazer EV avvalgi modelga nisbatan ko‘proq AQSh va Kanadada ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar bilan yig‘ilmoqda. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 modelida detallarining 43 foizi AQSh va Kanadadan yetkazib beriladi. Bu 2025-yilda atigi 12 foizni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, 2024-yilda model ilk bor taqdim etilganda AQSh va Kanada ulushi 62 foiz bo‘lgan. Shundan so‘ng 2025-yilda ishlab chiqarish zanjiri keskin o‘zgargan va Meksika asosiy yetkazib beruvchiga aylangan. O‘sha yili qismlarning 46 foizi Meksikadan, 20 foizi Janubiy Koreyadan keltirilgan.

2026-yilgi modelda yana o‘zgarish kuzatilmoqda. AQSh va Kanada yana eng katta ulushni egalladi — 43%. Janubiy Koreya 17%, Xitoy esa 18 foizni tashkil etadi. Meksika esa endi asosiy qismlar ulushida yetakchi emas.

Shu bilan birga, avtomobilning yakuniy yig‘ilishi hamon Meksikada amalga oshiriladi. Biroq 2026 modelida motor Janubiy Koreyadan, drive unit esa Xitoydan yetkazib beriladi.

GM rahbariyati elektromobillar kompaniya strategiyasida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Kompaniya 2027-yilgacha ta’minot zanjirini Xitoydan tashqariga ko‘chirish ustida ham ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Blazer 2026 modelining eng qimmat versiyasi qanday narxda ekanligi haqida ma’lumot berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, modelning bazaviy qiymati $48,5 mingdan boshlanadi, biroq qo‘shimcha opsiyalar yakuniy narxni sezilarli oshiradi.

Shuningdek