
Xitoyda Zeekr 007 va Zeekr 007 GT modellarining yangilangan talqinlari ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat oldi. Bu haqda «Kitayskie avtomobili» nashri xabar bermoqda. Elektromobillar quvvatni 150 ot kuchigacha oshiradi va yangi avtonom haydash tizimi bilan jihozlanadi.
Tashqi ko‘rinishda old bamper o‘zgardi. Qo‘shimcha havo kanallari sabab old qismi yanada agressiv ko‘rinadi. Sedan endi deyarli universal bilan bir xil dizaynga ega. Ixtiyoriy karbon kuzov paketi ham paydo bo‘lgan. Dislar yangi dizaynda taklif etiladi.

007 sedanning o‘lchamlari 4858×1900×1450 mm. 007 GT balandligi pnevmoosma sabab 1460 mm. Asosiy yangilik haydovchi yordam tizimida. Avtomobillar 700 TOPS quvvatga ega Nvidia Drive Thor protsessorini oldi. Shu asosda yangi G-ASD tizimi joriy etiladi. U Geely tomonidan CES ko‘rgazmasida taqdim etilgan.
Kelajakda L3 darajadagi avtonom harakatni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Texnik qismda esa 900 voltli yangi platforma qo‘llanildi. Orqa yetakchi versiyalar 503 ot kuchi ishlab chiqaradi. Bu avvalgisidan 81 ot kuchiga ko‘p. To‘liq yetakli talqinlar esa 796 ot kuchiga yetadi. Bu yerda qo‘shimcha 150 ot kuchi qo‘shilgan.

Batareya sig‘imi 75 va 103 kVt/soat variantda bo‘lishi mumkin. Yangilangan modellarning yurish zaxirasi 800 km dan oshishi kutilmoqda. Avval shunday kuchaytirilgan elektr tizimini Zeekr 7X krossoveri ham olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 9X avtomobili bilan test-drayv o‘tkazilgani haqida yozgan edi.