AQSh Qatarda qolgan afg‘onlarni vataniga qaytarish uchun pul ajratmoqda

eʼlon qilindi
$5,700 atrofida
AQSh Qatarda qolgan afg‘onlarni vataniga qaytarish uchun pul ajratmoqda / Foto: Reuters

AQSh Qatarda qolib ketgan afg‘onlarni o‘z vataniga qaytarish uchun pul to‘lashni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, bu choralar Camp As Sayliyah bazasida yillar davomida qolib kelayotgan 1,1 mingdan ortiq afg‘onlarni repatriatsiya qilish va majmua yopilishiga tayyorlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati afg‘onlarning AQSh harbiylari bilan aloqasi tufayli Tolibon tomonidan jazoga uchrashi xavfi sababli ularni qayta joylashtirishni to‘xtatgan edi.

To‘lovlar asosiy arizachiga $4,5 ming va qo‘shimcha har bir shaxs uchun $1,2 ming miqdorida beriladi. Taxminan 150 afg‘on allaqachon bu mablag‘ni olgan, ammo qaytarilgandan keyingi holatlari noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida qonli otishma sodir bo‘lgan edi.

Shuningdek