
Kia kompaniyasi Kia Sonet 2026 modelining to‘liq imkoniyatlarni taqdim etdi. «Kursiv» video asosida maqola tayyorladi.
Mundarija:
- Eksteryer va kuzov yechimlari
- Dvigatel va texnik imkoniyatlar
- Salon va multimedia
- Qulaylik va xavfsizlik
Eksteryer va kuzov yechimlari

Uchinchi pozitsiyada old optika to‘liq LED faralar bilan jihozlangan. Old parktronik tizimi va tuman chiroqlari mavjud. Kuzov dizaynida xrom bezaklar va yaltiroq elementlar qo‘llangan. 16 radiusli quyma diskalar o‘rnatilgan. Old tormozlar diskli, orqa qismi barabanli tizimda ishlaydi.
Yo‘ldan balandligi 25 sm ekani aytilmoqda. Bu ko‘rsatkich shahar ichidagi notekis yo‘llar va yengil tog‘ hududlari uchun qulaylik yaratadi. Yon ko‘zgular avtomatik yig‘iladi va kalitsiz kirish tizimi bilan ishlaydi. Yuqori komplektatsiyada tom relslari hamda lyuk mavjud.
Dvigatel va texnik imkoniyatlar

Model 1,5 litrli MPI atmosfera dvigatel bilan taklif qilinadi. Quvvat 115 ot kuchiga teng. Transmissiya – avtomat variator. Old tormozlar diskli, orqa tizim barabanli bo‘lib, ABS bilan jihozlangan.
Yonilg‘i baki 45 litrni tashkil etadi. O‘rtacha hisobda bir bak bilan 700 km masofa bosib o‘tish mumkinligi aytilmoqda. Propan uskunasi bilan kombinatsiyada yurish zaxirasi 1 500 km gacha yetishi mumkin.
Salon va multimedia



Interyerda 2026-yilgi yangilangan multimedia tizimi qo‘llangan. Audio tizim sifatli akustika bilan ishlaydi. Displey funksionalligi avvalgi talqinlarga nisbatan kengaytirilgan. Iqlim nazorati tizimi avtomatik rejimda haroratni boshqaradi.
Rul multifunksional bo‘lib, kruiz-nazorat va boshqa boshqaruv tugmalarini o‘z ichiga oladi. Start/stop tugmasi mavjud. Simsiz quvvatlash va USB portlar ko‘zda tutilgan. Haydash rejimlari Sport, Eco va Normal formatida taqdim etiladi. Shuningdek, qiyin yo‘llar uchun traction nazorati mavjud.
Qulaylik va xavfsizlik

Old o‘rindiqlar ergonomik shaklda ishlab chiqilgan. Orqa qator keng ochiladigan eshiklar orqali qulay kirish imkonini beradi. Bagaj hajmi 398 litr. To‘liq o‘lchamli zaxira g‘ildirak, domkrat va kalitlar mavjud.
Orqa kamera, xavfsizlik yostiqchalari va standart elektron tizimlar haydovchi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kia avtomobillari endi qanday boshqarilishi haqida yozgan edi.