Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

eʼlon qilindi
74 yoshida
Foto: isrs.uz

Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti ma’lum qildi.

Rahmonqulov Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi va Davlat maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, uning fuqarolik huquqi, xalqaro huquq, konstitutsiyaviy huquq va milliy xavfsizlik sohalarida 100 dan ortiq ilmiy asarlari bor.

U yuridik fanlari doktori, professor bo‘lib, 1998-yilda «II darajali Shon-sharaf» ordeni va 2002-yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpogʻiston davlat arbobi Kallibek Kamalov 100 yoshida vafot etgani haqida yozgandi.

Shuningdek