2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston «D» guruhida

eʼlon qilindi
O‘zbekiston guruh bosqichida Avstraliya, Hindiston va KXDR bilan kuch sinashadi
Foto: O‘FA

Kuala-Lumpur shahrida 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi chempion sifatida birinchi savatchadan joy olgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi «D» guruhidan o‘rin oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari «D» guruhida Avstraliya, Hindiston hamda KXDR terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Turnirning qolgan guruhlari ham to‘liq shakllantirildi. Xususan, «A» guruhidan Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand va Myanma o‘rin oldi. «B» guruhida Yaponiya, Indoneziya, Xitoy va Qatar o‘zaro kurash olib borsa, «C» guruhida Koreya Respublikasi, Yaman, Vyetnam va BAA vakillari bahslashadi.

Foto: O‘FA

Ushbu qit’a birinchiligi yoshlar o‘rtasidagi mundial yo‘llanmasini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Osiyo kubogi doirasida O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida yenggani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek