«O‘zbekneftgaz» uchta futbol klubini moliyalashtirishni to‘xtatmoqda

12-fevral 2026 13:33 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Узбекнефтегаз
Foto: O‘zbekneftgaz

«O‘zbekneftgaz» AJ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga xat yo‘llab, o‘z tasarrufidagi futbol klublarini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida xabar berdi.

Kompaniyaning mazkur qarori natijasida «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» futbol klublari asosiy homiylik mablag‘laridan mahrum bo‘ladi. Ushbu o‘zgarish avvalroq qabul qilingan davlat rahbarining tegishli farmoyishiga asoslanadi.

Foto: pfl.uz

Hujjatga ko‘ra, davlat korxonalari prezident qarorlari va topshiriqlarida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari boshqa har qanday vaziyatlarda homiylik yordamlari ko‘rsatishni to‘xtatishi belgilangan. Bu orqali davlat korxonalarining faqatgina rasmiy va tasdiqlangan loyihalarga mablag‘ ajratishi nazoratga olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zbekneftgaz» xodimlari oyliklari 10 foizga oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek