2025-yilda o‘zbekistonliklarning chet elda o‘qish safarlari 19 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
6,9 ming nafarga
2025-yilda o‘zbekistonliklarning chet elda o‘qish safarlari 19 foizga kamaydi / Foto: Depositphotos.com

2025-yilda jami 28 954 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2024-yil bilan solishtirganda qariyb 6,9 ming nafar yoki 19,3 % ga kamaygan.

O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p o‘qish maqsadida Rossiyaga borgan – 6498 nafar. Shuningdek, Tojikistonga 6039 nafar, Qirg‘izistonga 4648 nafar, Janubiy Koreyaga 3513 nafar, Turkiyaga 2496 nafar o‘zbekistonlik ta’lim uchun safar qilgan.

Shu bilan birga, vatandoshlarimizning 1259 nafari Xitoy, 1097 nafari Qozog‘iston, 886 nafari Buyuk Britaniya, 391 nafari Germaniya va 351 nafari AQShda ta’lim olishni tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025-yil davomida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 39,6 trln so‘mni tashkil etib, 10,4 foizga ko‘paygan edi.

Shuningdek