
Bozor yetakchilaridan biri Huawei hozirgi ko‘pchilik smartfonlardan kengroq ekranli yangi model tayyorlamoqda. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.
Yangi qurilmaning ekran nisbati 16:9 yoki 16:10 bo‘ladi. Oldingi to‘liq ekranli smartfonlar, asosan, 18:9 nisbatda bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan ekranlar balandroq va ingichka shaklga ega bo‘lmoqda. Masalan, iPhone 17 Pro Max va Galaxy S25 Ultra modellari 19,5:9 nisbatga ega, ayrim bozor modellari esa 21:9 nisbatda ishlab chiqarilgan.
16:9 ekranlar, asosan, iPhone 6/7/8 kabi eski modellarda ishlatilgan. Bozorda 16:10 panelga ega smartfonlar esa deyarli uchramagan.
Manbaga ko‘ra, Huawei hozirda shunday smartfon ustida ishlamoqda. Kompaniyaning portfelida mavjud Huawei Pura X modeli 16:10 ekran bilan jihozlangan, ammo bozorda shu turdagi egilmaydigan smartfonlar mavjud emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor yangi buklanadigan smartfon ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edik.