Ispaniya kubogi: «Atletiko» yarim finalda «Barselona»ni «yanchib» tashladi

13-fevral 2026 09:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: fcbarcelona.com

Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki bahsida «Atletiko Madrid» o‘z maydonida «Barselona» ustidan 4:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi.

HIGHLIGHTS | ATLETICO MADRID 4 vs 0 FC BARCELONA | COPA DEL REY 25/26

O‘yin kataloniyaliklar uchun omadsiz boshlandi. 6-daqiqada Erik Garsiya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shundan so‘ng mezbonlar hujumkorlikni oshirdi va Antuan Grizman (14-daqiqa), Ademola Lukman (33-daqiqa) hamda Xulian Alvaresning (45+2-daqiqa) gollari evaziga tanaffusga yirik hisob bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda «Barselona» hisobni qisqartirishga urindi, biroq Pau Kubarsining goli ofsayd sababli inobatga olinmadi. O‘yin yakunida, 85-daqiqada Erik Garsiya Aleks Baenaga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

Foto: fcbarcelona.com

Diyego Simeone shogirdlari final sari dadil qadam tashlashdi. Javob uchrashuvi 3-mart kuni bo‘lib o‘tadi, ammo 10 karra chempion hisoblangan «Barselona» oldida murakkab vazifa turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek