Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

eʼlon qilindi
Tezkor tadbir davomida 4 nafar fuqaro qo‘lga olinib, 310 dona dori vositasi musodara qilindi
Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori savdosi bilan shug‘ullangan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Departamentning rasmiy kanali xabar bermoqda.

Holat yuzasidan aniqlik kiritilishicha, gumondorlar 6 dona «Regapen» nomli dori vositasini fuqaroga 480 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, fuqarolar Sh.B. va N.D.ga tegishli avtomashinalar ko‘zdan kechirilganda, o‘tkazish maqsadida olib kelingan jami 310 dona «Tropikamed» va «Regapen» dori vositalari borligi aniqlangan va olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tojikistonga noqonuniy olib chiqilayotgan 1 mlrd so‘mlik dori vositalari to‘xtatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek