
Dizayn jamoasi a’zosi, iste’dodli yumorist Dilshodbek Musabekov 51 yoshida vafot etdi. Buni hamkasbi Ulug‘bek Xolmedov Instagram sahifasida joylagan xabari orqali tasdiqladi.

Dilshodbek Musabekov 1975-yil 13-iyul kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Dizayn jamoasidagi chiqishlari, samimiy hazillari va qator filmlarda o‘ynagan bir qancha rollari orqali muxlislari qalbidan joy olgan edi. Uning o‘limi nafaqat oilasi va yaqinlari, balki o‘zbek san’ati uchun ham katta judolik bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etgani haqida xabar bergan edik.