OpenAI haddan tashqari iltifotga moyil GPT-4o modelini «pensiyaga chiqardi»

eʼlon qilindi
Psixologik muammolar keltirib chiqargani sabab
OpenAI haddan tashqari iltifotga moyil GPT-4o modelini «pensiyaga chiqardi» Foto: Getty Images

OpenAI beshta eski ChatGPT modeliga, jumladan, foydalanuvchilarga hadda tashqari iltifot ko‘rsatuvchi GPT-4o modeliga kirishni to‘xtatadi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

GPT-4o modeli foydalanuvchilarning o‘ziga zarar yetkazishi, g‘alati xatti-harakatlari va SI psixoziga oid bir nechta sud ishlarida bahsga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, u OpenAI’ning iltifot ko‘rsatishga moyil (sycophancy) eng yuqori baholangan modeli hisoblanadi. Eskirgan modellarga, shuningdek, GPT-5, GPT-4.1, GPT-4.1 mini va OpenAI o4-mini kiradi.

OpenAI GPT-4o’ni aslida avgust oyida, GPT-5 ishga tushirilganda o‘chirishni rejalashtirgan edi. Ammo foydalanuvchilar qarshilik bildirgani sababli eski model pullik obunachilar uchun saqlanib qolgan va ular qo‘lda tanlash orqali foydalanish imkoniga ega bo‘lgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, GPT-4o’dan foydalanganlar atigi 0,1%, ammo 800 mln haftalik faol foydalanuvchi hisobida bu taxminan 800 ming odamga teng. Shu sababli, minglab foydalanuvchilar 4o modelining o‘chirilishiga qarshi chiqib, model bilan o‘rnatilgan aloqalarni qadrlashlarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT’ning ayrim tarif rejalarida reklamalar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek