O‘zbekistonda “Polisorb” nomi ostida kontrafakt mahsulot topildi

eʼlon qilindi
Fuqarolarga dori vositalari va BAA xarid qilayotganda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi
O‘zbekistonda «Polisorb» nomi ostida kontrafakt mahsulot topildi
Foto: Ochiq manba

O‘zbekistonda mashhur «Polisorb» preparatiga o‘xshash kontrafakt mahsulot aniqladi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi ma’lum qildi.

Tekshiruv Rossiyaning Polisorb AJ kompaniyasi murojaatidan so‘ng o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, «O.B.M.» MChJ «Polisorb ENT» nomi ostida biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqargan.

Mahsulot nomi asl brendga deyarli to‘liq o‘xshash bo‘lgani sababli xaridorlar uni haqiqiy preparat bilan adashtirishi mumkin bo‘lgan.

Holat yuzasidan kompaniya rahbariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ish sudga yuborilgan.

Fuqarolarga dori vositalari va BAA xarid qilayotganda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi. Mahsulotlarni faqat ishonchli dorixonalardan olish so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda dorixonalar bir yilda qariyb 8 mlrd so‘m asossiz daromad olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek