Buxoro viloyatida hafo sifati yomonlashdi

15-fevral kuni kechki payt Buxoro viloyatida shamol va g‘uborli tuman hodisalari kuzatildi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Meteorologik sharoitlar ta’sirida atmosfera havosida PM2,5 va PM10 kabi mayda dispers zarrachalar konsentratsiyasi oshgani qayd etildi.
Quruq va shamolli ob-havo natijasida tuproq hamda qum zarrachalari havoga ko‘tarilib, atmosferaning pastki qatlamlarida to‘plangan. Shu bilan birga, tumanli sharoitda havo namligining ortishi va shamol tezligining pasayishi mayda zarrachalarning erkin tarqalishiga to‘sqinlik qilgan. Natijada ular havoda uzoq vaqt saqlanib qolib, havo sifatining yomonlashishiga olib keldi.
Mutasaddilar tomonidan hududda atmosfera havosi sifati doimiy monitoring qilinayotgani ma’lum qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 16-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.