Samarqandda bir yilda 700 ming tonnaga yaqin uzum yetishtirildi
eʼlon qilindi
Respublikadagi barcha xo‘jaliklar tomonidan 1,983 mln tonna uzum yetishtirildi

2025-yilda respublikadagi barcha xo‘jaliklar tomonidan 1,983 mln tonna uzum yetishtirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 7,6 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Samarqand viloyatida yig‘ildi, Toshkent shahri esa eng kam hosil ko‘rsatgan hududlardan biri bo‘ldi. Hududlar kesimida hosil farqlari sezilarli bo‘lib, ba’zi viloyatlarda hosil nisbatan kam, boshqalarida esa yuqori bo‘ldi.
| Hudud | Uzum hosili |
|---|---|
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 16,2 ming tonna |
| Andijon viloyati | 92,1 ming tonna |
| Buxoro viloyati | 241,4 ming tonna |
| Jizzax viloyati | 38,4 ming tonna |
| Qashqadaryo viloyati | 131,7 ming tonna |
| Navoiy viloyati | 99,4 ming tonna |
| Namangan viloyati | 167,3 ming tonna |
| Samarqand viloyati | 697,0 ming tonna |
| Surxondaryo viloyati | 94,4 ming tonna |
| Sirdaryo viloyati | 18,7 ming tonna |
| Toshkent viloyati | 102,2 ming tonna |
| Farg‘ona viloyati | 229,1 ming tonna |
| Xorazm viloyati | 55,1 ming tonna |
| Toshkent shahri | 0,1 ming tonna |
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston eksporti 2025-yilda 24 foizga oshgani haqida yozgandi.