Mirziyoyev Vashingtondagi Tinchlik kengashi yig‘ilishida qatnashadi

eʼlon qilindi
Kengash tashkil etilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan
Mirziyoyev Vashingtondagi Tinchlik kengashi yig‘ilishida qatnashadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Tadbirda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari qatnashadi. Ular orasida davlat rahbarlari ham bor.

Kengash tashkil etilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan. U Donald Tramp ma’muriyatining Isroil va Hamas o‘rtasidagi urushni yakunlash rejasi doirasida shakllantirilgan.

O‘tgan yili Isroil va Hamas ushbu rejaga rozilik bildirgan. Rasmiy sulh rejimi oktabrda kuchga kirgan. Biroq tomonlar bir-birini bir necha bor sulhni buzishda ayblab kelmoqda.

Tinchlik kengashiga Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar va Isroil qo‘shilgan. Indoneziya kabi rivojlanayotgan davlatlar ham a’zo bo‘lgan. AQShning ayrim an’anaviy g‘arb ittifoqchilari esa ehtiyotkor pozitsiyani saqlamoqda. Markaziy Osiyodan O‘zbekiston va Qozog‘iston kengashga qo‘shilgan davlatlar qatorida.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Isroil Tramp tashabbusi bilan Tinchlik Kengashiga qo‘shilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek