O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega ayollar ulushi 33 foizdan oshdi

eʼlon qilindi
Ularning soni esa 6 mingga yaqinlashdi
O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega ayollar ulushi 33 foizdan oshdi / Foto: NUU

O‘zbekistonda hozirgi paytda 5182 nafar ayol falsafa doktori (PhD) va 783 nafar ayol fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega hisoblanadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2025-yil holatiga ko‘ra, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar soni 14 944 nafarni tashkil etib, shundan ayollarning ulushi 34,7 foizni tashkil etdi. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega shaxslar soni esa 2757 nafar, shundan ayollarning ulushi 28,4 foizni tashkil qilgan.

2030-yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida ilmiy darajaga ega ayollarning ulushini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.

Strategiyaga ko‘ra, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega ayollar soni 2027-yilda 2850 nafarga, 2030-yilda 3700 nafarga, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega ayollar soni esa 2027-yilda 950 nafarga, 2030-yilda 1400 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda o‘zbekistonliklarning chet elda o‘qish safarlari 19 foizga kamaygani haqida yozgan edik.

Shuningdek