O‘zbekistonda yashash uchun ko‘chib kelganlar soni salkam 2 baravar kamaydi

2025-yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1159 nafarni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,9 baravarga, 2023-yilga nisbatan esa 2,5 baravarga kamaygan.
Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi yashash uchun Toshkent shahri (60,2%), Toshkent viloyati (23,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasini (8,7%) tanlagan.
2024-yilda doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 36,5% Rossiya Federatsiyasidan, 24,2% Qozog‘istondan, 10,8% Tojikistondan, 6,9% Qirg‘izistondan, 2,5% Turkmanistondan va 19,1% boshqa davlatlardan kelgan.
Doimiy yashash uchun kelganlarning hududiy taqsimotiga ko‘ra, 61,5% Toshkent shahriga, 18,3% Toshkent viloyatiga, 8,2% Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 4,6% Farg‘ona viloyatiga va 7,4% boshqa viloyatlarga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ilmiy darajaga ega ayollar ulushi 33 foizdan oshgani haqida xabar bergan edik.