Toshkentdagi YTHda kuryer vafot etdi

eʼlon qilindi
Uni yuk mashinasi urib yuborgan
Foto: videodan kadr

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 15-fevral kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kuryer vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 18:00 da THAY-Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 1969-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004-yilda tug‘ilgan kuryer boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashgan.

Velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yorlardan oshirmaslik hamda charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» AQShda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz YTHda halok bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek