Dollar yana tushdi: 17-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

17-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
9-fevral kuni 12 303,16 so‘mni (+23,68 so‘m) tashkil qildi. 10-fevral kuni esa 17,18 so‘mga oshib, 12 320,34 so‘mga yetgandi. 11-fevral kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni, 12-ferval kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 30,32 so‘mga tushib, 14 464,98 so‘mni, rubl 0,13 so‘mga oshib, 158,51 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.