BYD Sealion 06 2026 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

eʼlon qilindi
BYD
BYD Sealion 06 2026 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: BYD

BYD 2026-yil boshida BYD Sealion 06 gibrid avtomobilining yangilangan uzoq masofali talqinini taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi versiya 175 kVt quvvatli elektromotor, 1,5 litrli BYD472QC benzin dvigateli hamda 220 kmgacha sof elektr yurish zaxirasi bilan taklif etiladi. Modelda God’s Eye C haydovchiga yordam tizimi va LiDAR sensori opsiyasi mavjud bo‘ladi.

Texnik ko‘rsatkichlar va samaradorlik

Foto: emmotors

Sealion 06 DM-i’ning yangi talqini 175 kVt quvvatli elektromotor bilan jihozlanadi. Maksimal sof quvvat 70 kVtni tashkil etadi. Avtomobilning og‘irligi 1930 kg, maksimal ruxsat etilgan to‘liq massa 2385 kg etib ko‘rsatilgan.

Sof elektr yurish zaxirasi energiya yorlig‘iga ko‘ra 143 km deb qayd etilgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bu CLTC siklida taxminan 220 kmga teng. Aralash yoqilg‘i sarfi 0,63 litrni tashkil etadi. Zaryad tugagan rejimda sarf 4,6 litrga tushirilgan. Elektr energiyasi iste’moli 100 kmga 17,1 kVt/soatni tashkil etadi.

Sealion 06 modeli taqdim etilganidan so‘ng qisqa muddatda 100 mingdan ortiq dona sotildi. U BYD’ning e-platform 3.0 Evo arxitekturasi asosida qurilgan. Model ilgari mashhur bo‘lgan Song Plus vorisi sifatida taqdim etilgan.

Foto: CarNewsChina

2026-yilda BYD Ocean va Dynasty liniyalarida 220 km elektr masofali beshta yangi DM-i PHEV versiyasini chiqarmoqchi. Shu bilan birga Song Ultra EV ham bahor oylarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Yordamchi tizimlar

Yangi talqinda God’s Eye C tizimi standart tarzda mavjud bo‘ladi. LiDAR sensori esa qo‘shimcha opsiya sifatida taklif etiladi. Bu konfiguratsiya shahar va shahar atrofi sharoitida yarim avtonom funksiyalarni yaxshilaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek