Telegram bir kunda 235 mingdan ortiq guruh va kanallarni blokladi

eʼlon qilindi
Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortildi
Foto: Rambler

Telegram messenjeri bir sutkada 235 282 ta guruh va kanalni blokladi. Bu ko‘rsatkich 23-yanvardan buyon eng yuqori natija bo‘ldi (o‘sha kuni 300 840 ta hamjamiyat o‘chirilgan edi). Bu haqda RIA Novosti messenjer statistik ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Fevral boshidan buyon – 1,8 milliondan ortiq bloklash

Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyi boshidan beri jami 1 856 069 ta guruh va kanal bloklangan. Shundan 7 016 tasi «terrorizm bilan aloqador» deb topilgan.

Yil boshidan buyon esa o‘chirilgan hamjamiyatlar soni 7 256 305 taga yetgan. Ularning 27 282 tasi terrorizmga oid kontent tarqatgan guruh va kanallar hisoblanadi.

2015-yildan beri kuchaytirilgan moderatsiya

Telegram ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yildan buyon platformada moderatsiya jarayoni foydalanuvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish hamda sun’iy intellektga asoslangan «faol kuzatuv» tizimini o‘z ichiga oladi.

2024-yil boshidan esa bu jarayon yanada kuchaytirilib, SI asosidagi moderatsiya vositalari kengaytirildi.

Natijada, 2025-yilda platforma siyosatini buzgan guruh va kanallar 2024-yilga nisbatan qariyb 2,7 barobar ko‘proq bloklangan.

Umumiy statistika: 44 milliondan ortiq hamjamiyat o‘chirilgan

Messenjer saytida e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, shu kungacha jami 44,085 millionta kanal va guruh bloklangan.

Eng ko‘p bloklashlar 2024-yilning to‘rtinchi choragiga to‘g‘ri kelgan – 17,416 milliondan ortiq hamjamiyat o‘chirilgan. Bu esa 2024-yil davomida o‘chirilgan jami guruh va kanallar sonidan ham oshib ketgan.

Xususan:

  • 950 mingdan ortiq bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini o‘z ichiga olgan kanallar (+28,02%)
  • 234 mingga yaqin terroristik yo‘nalishdagi hamjamiyatlar (+66,6%) bloklangan.

Rekord ko‘rsatkich

2026-yil 1-yanvar kuni bir kunda 543 mingga yaqin guruh va kanal o‘chirildi. Bu 2023-yil 1-dekabrdan buyon kuzatuv boshlanganidan beri uchinchi marta bir kunda 500 mingdan ortiq bloklash qayd etilishi bo‘ldi.

Avvalgi eng yuqori natijalar 2024-yil noyabr oyida qayd etilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek