Hilola Umarova administratsiyadagi lavozimidan ozod etildi
eʼlon qilindi
Yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan ta’lim sohasida rahbarlik lavozimida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, Hilola Uktamovna Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezident Administratsiyasidagi ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosarlik lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Ilxom Toxirovich Siradjev mazkur lavozimga tayinlandi. Siradjev bunga qadar prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga direktor tayinlangan edi.