Sony PlayStation 6 taqdimoti 2028 yoki 2029-yilga ko‘chirilishi mumkin

16-fevral 2026 21:16 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Sony PlayStation 6 taqdimoti 2028 yoki 2029-yilga ko‘chirilishi mumkin / Foto: Videocardz

Sony kompaniyasi PlayStation 6 konsolining chiqarilishini avval rejalashtirilgan 2027-yil kuzidan 2028 yoki 2029-yilga ko‘chirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Sony yangi konsol taqdimotini 2027-yil ikkinchi yarmida chiqarilishi haqida xabar berayotgan edi. Shu davrda Nvidia va AMD’ning yangi videokartalari ham kutilgan edi. Biroq xotira bozoridagi qiyinchiliklar kompaniyaning rejasini o‘zgartirishga majbur qilmoqda.

PS6 konsoli 30 GB GDDR7 xotira bilan jihozlanishi kutilmoqda. Hozirgi narxlar avvalgi oylarga nisbatan sezilarli darajada oshgan, shuning uchun Sony konsol chiqarilishidan oldin shartnomalarni tuzishga majbur. Yangi xotira zavodlari ishga tushirilishi bilan vaziyat taxminan bir yarim yil ichida yaxshilanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sony PlayStation 6 an’anaviy konsol bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek