17-fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Poytaxtda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi
Foto: «O‘zgidromet»

17-fevral kuni uchun ob-havo prognozi taqdim etildi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Unga ko‘ra, respublika hududlarida havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

Poytaxtda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10–12 daraja iliq, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushadi. Kechasi 0–5 daraja iliq, Ustyurtda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek