Prezident amaliy tashrif bilan AQShga boradi

Shavkat Mirziyoyev 17–19-fevral kunlari AQSh prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etish uchun Vashington shahriga amaliy tashrif bilan boradi. Bu hqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kengashning birinchi sammiti US Institute of Peace’da bo‘lib o‘tadi va G‘azo sektorini tiklash, unga gumanitar yordam ko‘rsatish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi ishbilarmonlik dasturi doirasida Amerikaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi strategik loyihalar taqdimotida hamda iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Tinchlik kengashi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston joriy yilning yanvar oyida Davos shahrida unga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilgan.