
Realme kompaniyasi yaqin kunlarda Realme P4 Lite 4G smartfonini taqdim etadi va shu bilan P4 seriyasini kengaytiradi. Bu haqda GSMrena nashri ma’lum qildi.
Batareya va zaryadlash
Realme P4 Lite 4G 20-fevralda taqdim etiladi va 6,300 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi. Qurilma 15W simli va 6W teskari simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Displey va chip
Smartfon oktadastali chipset bilan ishlaydi. Qurilma 6,74 dyuymli LCD displeyga ega bo‘lib, 90 Hz yangilanish chastotasi, suv tomchisi shaklidagi notch va maksimal 563 nit yorqinlikni taklif qiladi.

Dasturiy ta’minot va AI xususiyatlar
Realme P4 Lite 4G Android 15 asosidagi Realme UI bilan ishlaydi va AI Boost, AI Eraser, Circle to Search kabi bir nechta sun’iy intellekt funksiyalariga ega. Narxi $120 – $130 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Kamera va dizayn
Smartfon orqa tomonida 13 MP asosiy sensorli va impulslik LED yoritgichli ikki kamerali modulga ega. Qurilmaning qalinligi 7,94 mm va vazni 201 g. Shuningdek, u IP54 himoya darajasi va harbiy darajadagi tushish sinovidan o‘tgan. Smartfon uch xil rang variantida taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme P4 Power smartfonini arzon narxda sotuvga chiqargan edi.


