O‘zbekistonda 2026-yildan O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi

eʼlon qilindi
2026-yilgi davlat dasturi doirasida
O‘zbekistonda 2026-yildan O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi / Foto: Eduuz

2026-yilgi davlat dasturi doirasida, Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistondagi texnikumlarda O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalarini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Joriy yilning 1-martga qadar ushbu ustaxonalar tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati shakllantiriladi. Belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan hamkorlikda ustaxonalarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada O‘zbekistondagi 20 ta texnikumda O‘zbekiston – Xitoy ustaxonalari faoliyat yuritadi. Ushbu loyiha orqali yoshlarni kasbga o‘rgatish va ularning daromadini oshirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Tojikiston yo‘nalishida ilk sinov konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek